10105 Cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi yo‘l cheklari va boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraq debetida bank tomonidan qabul qilingan yo‘l cheklari va boshqa to‘lov hujjatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida emitent-bank tomonidan qoplangan va/yoki emitent-bank tomonidan qoplab berilmaganda zarar sifatida hisobdan chiqarilayotgan yo‘l cheklari va boshqa to‘lov hujjatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob cheklar va boshqa to‘lov hujjatlarining turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10107 Bankomatlardagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli bankomatlarda(ga) (qo‘yilgan) mavjud naqd pul mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraq debetida bankomatlarga qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida plastik kartochkalar asosida bankomatlardan berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bankomat bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10109 Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank/filialning aylanma kassasidan boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan va yo‘lda bo‘lgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar/filiallarga jo‘natilgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank/filial tomonidan ularning kassaga haqiqatda qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank bo‘yicha, shuningdek naqd pullar, cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10111 — Amaliyot kassalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaliyot kassalaridagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida amaliyot kassalariga kelib tushgan naqd pullar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amaliyot kassalaridan berilgan naqd pullar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turi va bank binosida joylashmagan har bir amaliyot kassasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘limning 10111-hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |