1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari


Download 1.01 Mb.
bet61/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

10825 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining xarid qilingan va sotishga mo‘ljallanganlari sifatida tasniflangan qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilingan ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati, shuningdek tijorat banklarining Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarilishi summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10879 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumga mos tushmaydigan, sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan boshqa qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari qo‘shib hisoblangan ulushli qimmatli qog‘ozlarning sotib olish qiymati, shuningdek Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan boshqa ulushli qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling