1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi


Download 1.01 Mb.
bet63/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

10895 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarish hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: 10895 — “Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqqoniy qiymatining o‘zgarishi” hisobvarag‘ida aks ettirilgan tuzatishlardan tashqari, investitsiyalarning qadrsizlanishi natijasida vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10900 Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
10901 Qimmatbaho metallar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan oltin, kumush va platina kabi qimmatbaho metallari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling