11195 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha diskont — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq nominal qiymati bilan sotib olish narxi o‘rtasidagi salbiy farq, ya’ni diskont hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning debitorlik qarzini uning to‘liq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki to‘liq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11199 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tug‘ilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11300 Sotib olingan veksellar
11301 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar — Hujjatsiz
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan xorijiy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning va/yoki shu kabi muomaladagi moliyaviy vositalarning hamda kredit liniyasi bo‘yicha amal qilish muddati tugamagan xorijiy veksellar bilan qoplangan cheklarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki qayta sotilgan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati, shuningdek, to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |