12909 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12901 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12904 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12905 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12921 — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: 1 yil muddatgacha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha berilgan kreditlarning (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 12921-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |