1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


Download 1.01 Mb.
bet89/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

12999 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13000 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13001 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13005 Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha
kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13001 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13009 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar”, 15201 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15205 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13099 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling