13300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
13301 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqninng ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 12 oy muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 13301-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13305 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘alla yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan uzoq muddatli kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 13305-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 13309 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘allani yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14305 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, g‘alla va paxta mahsulotlari uchun berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 13399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” va 14399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |