20604 Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy budjet (tuman/shahar, viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hisobidagi budjet tashkilotlarining qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan tashqari jamg‘armalarning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fond bo‘yicha, har bir fond tarkibida esa muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20606 Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |