1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet169/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

21610 Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hukumatidan, uning vakolatli yoki ijroiya organlaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21612 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21613 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zR MBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21614 Yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun O‘zR MBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling