21604 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 21604-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshpab 1 yil muddatgacha budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21606 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha boshqa banklardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |