1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar


Download 1.01 Mb.
bet166/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

21010 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankdagi depozitlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarning depozitlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar depozitlarining qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21012 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo‘yicha boshqa banklar tomonidan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga qoplab berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21014 Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga qoplab berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21200 Boshqaruv (menejer) cheklari

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling