1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar — Lizing (moliyaviy ijara)


Download 1.01 Mb.
bet179/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

22408 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar — Lizing (moliyaviy ijara)
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar”hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22409 Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bosh bank/filialdan olingan resurslar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlarning hisobi olib boriladi (vakillik hisobvaraqlari — Vostro, depozit hisobvaraqlari va boshqalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan).
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foizlar va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22410 Olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning kredit majburiyatlari (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir qarz beruvchi bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling