22412 Boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22414 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar, shuningdek sotish qiymatiga kiritilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek “22476 — Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22476 Shartnomaga ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob shartnoma bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan, lekin muddatida to‘lanmagan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |