22604 Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamg‘arma — Maqsadli
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlar uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha tasdiqlangan tartib bo‘yicha taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, tasdiqlangan tartib bo‘yicha taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan tartib bo‘yicha maqsadli mablag‘larning hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22606 Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkkreditivlar bo‘yicha depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: pul to‘lovchilarning topshirig‘i bo‘yicha tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilish uchun va import bilan bog‘liq tasdiqlangan veksellar va/yoki trast hujjatlari bilan ochilgan akkreditivlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ochilgan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv hisobidan to‘langan summalar, shuningdek foydalanmaganligi natijasida qaytarilgan, kamaytiridgan yoki bekor qilingan akkreditiv summalari hisobdan chiqarilada.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22608 Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: brokerlik, anderrayting operatsiyalari bo‘yicha mijozlar va uchinchi shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, shunigdek emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha mijozlarning mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnoma bo‘yicha bank tomonidan uchinchi shaxslardan qimmatli qog‘ozlar sotib olish, kelgusida vositachilik mukofotlari to‘lash uchun mijozlardan kelib tushadigan, shuningdek shartnoma asosida qimmatli qog‘ozlar sotuvidan kelib tushadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi. Bundan tashqari emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish uchun emitentlardan kelib tushuvchi mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma asosida mijozlar uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga o‘tkazilgan, bajarilmagan shartnoma bo‘yicha mijozlarga qaytarilgan, bajarilgan shartnoma bo‘yicha vositachilik mukofoti sifatida mijozlardan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirishda egalariga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |