1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari


Download 1.01 Mb.
bet186/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

22618 Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22619 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo va tovar (ish, xizmatlar) sotib olish, shuningdek, o‘z joriy faoliyati bilan bog‘liq soliqlarni va boshqa xarajatlarini to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan plastik kartochkalari bo‘yicha hisob-kitoblari uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22620 Korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22622 Yuridik shaxslar o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslar tomonidan vakolatxona va filiallari ta’minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritiladi. Filiallar faqat yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorligi (2-sonli kartoteka) bo‘lmagan holda o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning kreditida yuqori tashkilotning hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
(III-bo‘lim 22622-hisobvarag‘ining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida vakolatxonalar va filiallar tomonidan joriy xarajatlarni (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlarni to‘lash uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling