1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadigan pensiya va nafaqalar


Download 1.01 Mb.
bet184/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

22610 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadigan pensiya va nafaqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ijtimoiy ta’minot organlarining pensiya va nafaqalarni “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lash uchun belgilangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqniig debetida pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalariga chek bo‘yicha naqd pul ko‘rinishida berilgan mablag‘lar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob “O‘zbekiston pochtasi” OAJning har bir tarkibiy bo‘linmasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22612 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna
Hisobvaraqning ta’rifi: “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va uning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘tkazma operatsiyalar va davriy nashrlarga obuna bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalariga kelib tushgan naqd pul va naqd pulsiz mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsad bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar, shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalariga madad puli sifatida berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiya turi va “O‘zbekiston pochtasi” OAJning har bir tarkibiy bo‘linmasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22613 Valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning zaxiralangan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning so‘mdagi zaxiralangan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya uchun zaxiralangan, shuningdek, ilgari mazkur hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha konvertatsiya qilinmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning kelib tushgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Valyuta birjasi hisobvarag‘iga konvertatsiya uchun yo‘naltirilgan, shuningdek, maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling