1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablag‘lari


Download 1.01 Mb.
bet185/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

22614 Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning valyuta bozorida sotib olingan va belgilangan tartibga muvofiq tashqi savdo va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek ilgari mazkur hisobvaraqdan hisyubdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek birja valyuta bozorida qayta sotishga mo‘ljallangan foydalanilmay qolgan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22616 Jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lari.
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank hisobvaqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga kelib tushayotgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridan chiqarilgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jismoniy shaxs bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda olib boriladi.
22617 Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: pensionerlarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlar belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi va uning bo‘linmalari reyestrlari asosida ochiladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir pensioner bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling