1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, Birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar


Download 1.01 Mb.
bet242/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

45700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, Birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar
45701 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45705 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Boshqalar
45709 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Moliyaviy institutlar
45713 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investnsiyadan olingan foyda — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydalarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45717 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Moliyaviy institutlar
45721 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtarib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan dividendlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling