54125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195 Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54101 O‘zRMBdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan yoki boshqa banklardan olingan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha bankning foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54198 Boshqa banklardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
54200 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54202 Chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |