1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar


Download 1.01 Mb.
bet251/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

54204 Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54206 Chiqarilgan depozit sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan jamg‘arma va depozit sertifikatlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54208 Chiqarilgan veksellar bo‘yicha foizli xarajatlar
54210 Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan veksellar va boshqa qimmatli kog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdek bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida obligatsiyalar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summasi hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54222 — Subordinar qarz bo‘yicha foizli xarajatlar
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 5422-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling