55710 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyavny institutlar
55714 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdsk xo‘jalik jamiyatlarining zararlardagi ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining kamayishidan vujudga keladigan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatlari va qo‘shma korxonalarning zararlardagi ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining kamayishidan vujudga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan zarar summasi aks ettiriladi.
55718 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55722 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan vujudga keladigan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan vujudga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |