56110 Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiya xizmati ko‘rsatish uchun qilgan xarajatlari hamda ular va ularning bolalari uchun sog‘lomlashtirish lagerlariga, sanitar-kurort muassasalariga va boppqalarga o‘rnatilgan tartibda to‘liq yoki qisman to‘lanadigan yo‘llanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologik xizmatlari ko‘rsatish va shifoxonada davolash xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56114 Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga to‘lanadigan ixtiyoriy badallari, bankning ish haqi fondi (FOT)dan budjetdan tashqari Pensiya fondi ajratmalari, yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun bank xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56118 Ijtimoiy himoya
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda meqnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqa (posobiya) to‘lovlari va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek qonunchilikka va bank nizomiga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonunchiliqda o‘rnatilgan balog‘at yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqa) to‘lovlari, moddiy yordam pullari va boshqa to‘lovlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |