55600 Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55606 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55610 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar
55614 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar (savdoga mo‘ljallangan qimmatli kog‘ozlardan tashqari)
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining kamayish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, qo‘shma korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan ko‘rilgan zararlar
55702 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Moliyaviy institutlar
55706 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar — Boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |