MAJBURIYATLAR HISOBI Reja Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash - Moliyaviy hisob tamoyillarida majburiyatlar «ilgari bo’lib o’tgan hodisalar yoki o’zgarishlar natijasida kelgusida aktivlarni boshqa tashkilotlarga o’tkazish (xizmatlar ko’rsatish) bo’yicha iqtisodiy sub’ektning hozirda mavjud majburiyatlariga asoslanib, kelgusida iqtisodiy foydalardan ehtimoliy voz kechish» sifatida ta’riflanadi.
- Majburiyatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
- - ushbu xo’jalik sub’ektiga aktivni o’tkazish yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilangina bajariladigan majburiyatning mavjudligi;
- mazkur majburiyatni yuzaga keltirgan xo’jalik hodisasi avval sodir bo’lganligi;
- majburiyatning yuzaga kelishi hech bo’lmaganda ehtimoldan xoli bo’lmasligi lozim.
- Majburiyatlar - iitisodiy foydaning kamayishiga, ya’ni amaldagi aktivlarning kamayishiga olib kelishiga ishonch mavjud bo’lgan, hisobot davrida yoki o’tgan davrlarda yuzaga kelgan kreditorlik qarzlari va boshqa qarzlardir.
Majburiyatlar bu tashqi foydalanuvchilar yoki kreditorlar tomonidan biznesda qarzlar yoki haqdorlik munosabatini yuzaga keltirishdir. Majburiyatlarga misol qilib kreditorlar( taminotchilardan mahsulotni kreditga sotib olganligi uchun qarzdorlik), bank kreditlari, foydalanilgan jamlangan xarajatlar( suv va elektr toki) va soliq to`lovlari kabi to`lanmagan biznes xarajatlarini keltirish mumkin. - Majburiyatlar bu tashqi foydalanuvchilar yoki kreditorlar tomonidan biznesda qarzlar yoki haqdorlik munosabatini yuzaga keltirishdir. Majburiyatlarga misol qilib kreditorlar( taminotchilardan mahsulotni kreditga sotib olganligi uchun qarzdorlik), bank kreditlari, foydalanilgan jamlangan xarajatlar( suv va elektr toki) va soliq to`lovlari kabi to`lanmagan biznes xarajatlarini keltirish mumkin.
- Majburiyatlar sub’ektlar tomonidan amalga oshirilgan turli bitimlar natijasida vujudga keladi hamda tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarga bo’lg’usi to’lovlar uchun huquqiy asos hisoblanadi.
- Mazkur xususiyatlar, asosan, majburiyat yuzaga kelishi yoki kelmasligi mumkin bo’lgan hodisalarga tadbiq etiladi.
- Faraz qilaylik, aviakompaniya uning reyslarida muayyan masofalarga uchgan yo’lovchilarga chegirmalar takdim etadi. Io’lovchi biror yoqqa uchishi kerak bo’lganda, chegirmalardan foydalanadi, sayohatga chiqishni rejalashtirmagan bo’lsa, foydalanmaydi. Kompaniyaning yo’lovchiga chegirmani takdim etish majburiyati ehtimoldan xoli emas, biroq u 100%ni tashkil qilmaydi, dastavval, bu statistik usulda hisoblab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |