Majburiyatlar hisobi


Olingan joriy bo’naklarni hisobga olish


Download 62.65 Kb.
bet7/8
Sana22.04.2023
Hajmi62.65 Kb.
#1378435
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-MAVZU

Olingan joriy bo’naklarni hisobga olish

  • Bo’nak olish butun dunyoda xaridorlar va buyurtmachilar bilan munosabat o’rnatishning juda keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bo’nak xaridorlar va buyurtmachilardan kelgusida to’lovlar kelib tushishi hamda mol etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma bajarilishining kafolati sifatida ifodalanadi. O’zbekistonda bunday hisob-kitob shakli qonunda belgilangan (xo’jalik sub’ektlarining oldindan 15% to’lov to’lanmasa, yuklashni amalga oshirishi taqikdangan). Olingan bo’naklar pul mablag’larini olgan sub’ekt uchun ishlar bajarilmaguncha, xizmatlar ko’rsatilmaguncha yoki tovar yuklanmaguncha majburiyatni yuzaga keltaradi.
  • TMBni etkazib berish yoki buyurtmachilar uchun qisman tayyorlik bo’yicha bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar yuzasidan olingan bo’naklar bo’yicha joriy qarzlar, shuningdek aktsiyalar obunachilari - jismoniy shaxslardan olingan summalar hamda boshqa bo’naklar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
  • 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar";
  • 6320 "Aktsiyaga obunachilaridan olingan bo’naklar";
  • 6390 " Boshqa olingan bo’naklar".
  • Olingan bo’naklar summalari 6310, 6320, 6390-schyotlar krediti va pul mablag’larini hisobga olish schyotlari debeti bo’yicha aks ettiriladi.

Misol.

  • Misol.
  • 500 ming so’mlik summadagi tovarlarni etkazib berish yuzasidan 15% miqtsorida bo’nak olindi:
  • Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"75 m.s.
  • Kt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar"
  • 75 m.s.
  • Xaridorga tovarlarni yuklab ortish chog’ida olingan bo’nak summasi uning qarzini kamaytiradi:
  • Dt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"500 m.s.
  • Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar"500 m.s.
  • Bir yo’la quyidagi provodka tuziladi:
  • Dt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar" 75 m.s. Kt 4010 "Xaridorlar va buyurgmachilardan olinadigan schyotlar"75 m.s.

Download 62.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling