Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar - Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga joriy va uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
- a) joriy qismi:
- 6110 "Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar"; 6120 "Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar".
- b) uzoq muddatli qismi:
- 7110 "Ajratilgan bo’linmalarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar";
- 7120 «Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar».
- Mazkur schyotlar krediti bo’yicha alohida bo’linmalar, sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari oldidagi turli xil muomalalar bo’yicha majburiyatlar tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari, xarajatlar va hokazolarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada hisobga olinadi.
- Masalan, alohida bo’linmadan (sho’’ba yoki tobe xo’jalik jamiyatidan) xom ashyo olindi:
- Dt 1010 250000 so’m
- Kt 6110 (6120) 250000 so’m
- Ya’ni mazkur schyotlar bo’yicha yuqorida sanab o’tilgan to’lovga oid schyotlardagi singari hisob yuritiladi, faqatgina farqi shundaki, bu erda barcha xo’jalik sub’ektlari bilan emas, balki bosh sub’ektga tobelik tarzida alohida yuridik munosabatga ega bo’lganlari bilan muomalalar aks ettiriladi.
Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish. - Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish.
- Muddati kechiktirilgan majburiyatlar haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to’lanadigan (bajariladigan) bo’lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
- a) qisqa (joriy) muddatlilari:
- 6210 «Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar»
- 6220 "Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"
- 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"
- 6240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar"
- 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar»
- 6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar "
- b) uzoq muddatlilari:
- 7210 «Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar»
- 7220 "Mukofot (ustamalar)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"
- 7230 - "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"
- 7240 "Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli muddatli kechiktirilgan majburiyatlar"
- 7250 "Vaqtinchalik farkdar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar"
- 7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 6210 va 7210-schyotlarda diskont (chegirmalar) ko’rini-shidagi muddati kechiktirilgan daromadlar hisobga olinadi hamda investorlargina (obligatsiyalar xaridorigina) undan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |