Joriy majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: - 6000 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar";
- 6100 "Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar";
- 6200 "Muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobga oluvchi schyotlar";
- 6300 "Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 6400 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 6500 "Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 6600 "Ta’sischilarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 6700 "Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 6800 "Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 6900 "Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar".
Uzoq muddatli majburiyatlarga to’lov muddati bir yildan oshadigan majburiyatlar kiradi. Ularning qiymati foiz hisoblab yoziladigan asosiy majburiyat summasi bilan aniqlanadi. Qarz summasi hisobda kelgusida pul to’lanadigan to’lovlar qiymatini diskontlash yo’li bilan olingan mazkur to’lovlarning joriy qiymati ko’rinishida aks ettiriladi. Diskontlash stavkasi inflyatsiya darajasiga, moliya bozori konyukturasi va mazkur maajburiyatni bajarmaslik ehtimoli bilan bog’liq xatar darajasiga bog’liq hamda pullarning vaqtinchalik qiymati nazariyasiga muvofiq hisob-kitob qilinadi. - Uzoq muddatli majburiyatlarga to’lov muddati bir yildan oshadigan majburiyatlar kiradi. Ularning qiymati foiz hisoblab yoziladigan asosiy majburiyat summasi bilan aniqlanadi. Qarz summasi hisobda kelgusida pul to’lanadigan to’lovlar qiymatini diskontlash yo’li bilan olingan mazkur to’lovlarning joriy qiymati ko’rinishida aks ettiriladi. Diskontlash stavkasi inflyatsiya darajasiga, moliya bozori konyukturasi va mazkur maajburiyatni bajarmaslik ehtimoli bilan bog’liq xatar darajasiga bog’liq hamda pullarning vaqtinchalik qiymati nazariyasiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
- Uzoq muddatli majburiyatlar bir yildan uzoq bo’lgan muddat ichida bajarilishi kutilayotgan majburiyatlardir. Biroq, ayrim vaziyatlarda ular 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan cheklangan muddatli majburiyatlar sifatida tasniflanadi. Uzoq muddatli majburiyatlarga misol sifatida uzoq muddatli qarzlar, obligatsiyalar, ko’cmas mulk krediti va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |