Majburiyatlar hisobi


Uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi


Download 62.65 Kb.
bet4/8
Sana22.04.2023
Hajmi62.65 Kb.
#1378435
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-MAVZU

Uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

  • 7000 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan uzoq muddatli schyotlar";
  • 7100 "Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar";
  • 7200 "Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar";
  • 7300 "Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar";
  • 7800 "Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
  • 7900 "Turli kreditorlarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar".

Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar

  • Olingan tovar-moddiy boyliklar, ishlar, xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga oid majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
  • a) joriy qismi:
  • 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar";
  • 6020 "Berilgan veksellar".
  • b) uzoq muddatli qismi:
  • 7010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan uzoq muddatli schyotlar";
  • 7020 "Berilgan veksellar".
  • Turli mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga olingan TMB (tovar-moddiy boyliklar), bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun sub’ektning joriy qarzi 6010-schyotda, uzoq muddatli qarzi esa 7010-schyotda aks ettiriladi.
  • 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lana-digan schyotlar" schyoti amalda kelib tushgan TMB, qabul qilib olingan ishlar va iste’molda bo’lgan xizmatlar qiymatiga mazkur boyliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada kreditlanadi.

Misol.

  • Misol.
  • 500 ming so’mlik xom ashyo, shu jumladan 50 ming so’mlik sifatsiz xom ashyo olindi:
  • Dt 1010 "Xom ashyo va materiallar" 450
  • Dt 4860 "Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar" 50 Kt 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" 500
  • 7010 schyot (6010-schyotga o’xshash) hozirgi vaqtda, ko’rinishidan, muddati kechiktirilgan qarzlar to’g’risidagi schyotlar mavjudligi tufayli keng ko’llanilmasa kerak.
  • 6020 va 7020- "Berilgan veksellar" schyotlari TMB va boshqa aktivlarni, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarni sotib olish uchun sub’ekt tomonidan berilgan veksellarni aks ettiradi. Ya’ni, bu savdo veksellari bo’lib, ular to’lovlarga oid schyotlar singari ayni o’sha muomalalar natijasida yuzaga keladi, biroq ulardan farkdi o’laroq, asosiy qarz summadan tashqari, yana foiz stavkalarini to’lashni ham talab qiladi. Mazkur schyotlar krediti bo’yicha xarid qilingan TMB, boshqa aktivlar va xizmatlar uchun veksel bilan ta’minlangan joriy va uzoq muddatli qarzlar (so’ndirilgunga qadar) hisobga olinadi.

Download 62.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling