1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalarga badallar


Download 1.01 Mb.
bet263/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

56122 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalarga badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjetiga va boshqa jamg‘armalarga bank ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bank xodimlarining sog‘liqni va boshqa ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash bo‘yicha badallari hisobi.
Hisobvaraqning debetida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalarga amalga oshirilgan ajratmalar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilgan summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
56195 Bank xizmatchilari uchun qilingan boshqa xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi ta’riflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga to‘lanadigan (to‘garaklardagi, klublardagi mashg‘ulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga, qonunchilikda o‘rnatilgan me’yordan ortiqcha to‘langan safar va vakolatli xarajatlar summasi va boshqalar) to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56200 Ijara va ta’minot
56202 Ijara to‘lovi
56206 Suv
56210 Elektr energiyasi va isitish
56214 Ta’mirlash va ta’minots
56218 Qo‘riqlash xizmati
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan bank xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qo‘riqchilarga, shuningdek qo‘riqlash signalizatsiyasiga, remontga va bank binosini, mebellarni, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, bankning suv, elektr, isitish tarmog‘i va boshqa kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijara va ta’minot uchun hisoblangan va to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling