52600 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52601 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Mahalliy
52606 To‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar — Xorijiy
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘iicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning topshirig‘i bo‘yicha yoki bank tomonidan bajarilgan to‘lanmagan akseptlar bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
53100 To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53101 O‘zRMBdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53106 Boshqa banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53111 Hukumatdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195 Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100 To‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54106 Boshqa banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54111 Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54115 Investitsion kreditlar uchun olingan resurslar bo‘yicha foizli xarajatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |