54300 Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar
54302 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zR Markaziy bankiga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54304 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54306 REPO bitimlari bo‘yncha hukumatga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54308 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54310 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54312 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54314 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54316 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54395 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa kreditorlarga sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qilingan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan xarajatning qaytarilish summasi, shuningdek soliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
54900 Boshqa foizli xarajatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |