1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli
Anglo-sakson traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modellari
Download 245 Kb.
|
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli.
Anglo-sakson traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modellari. Anglo-sakson traditsiyalarida (yoki «protestan kapitalizmi» traditsiyalarida) tarbiyalangan moliya bozori qatnashchilari risklar va xatti-harakatlarga nisbatan pragmatik, iqtisodiy individualizm, davlatga va yirik kompaniyalarga nisbatan kamroq nazoratli bo‘ladilar.
AQSh va Buyukbritaniya moliya bozorlar qatnashchilari esa Germaniya va Yaponiyadagilardan farqli konservativlik darajasi kamroq va risklarga ko‘proq moyil. Bularning barchasi anglo-sakson modeli asosidagi moliya bozorlarini liberalligini, ochiqligini, faolligini, ammo inqirozlarga ta’sirchanligini belgilaydi. Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli. Bu traditsiya islom moliyasi shaklida namoyon bo'ladi. Unda moliya bozori qatna'shchilari tomonidan Islom dini ko‘rsatmalariga va «harom» tushunchasiga rioya qilinadi. Islomiy moliya institutlari oldindan belgilangan foiz daromad olishlari va spekulyativ operatsiyalar bajarishlari mumkin emas, ular faqat ulushlar va ijara asosida ishtirok etishlari, mulkni nasiyaga sotib olish va sotishi mumkin. Pul resurslarini jalb qilish uchun depozitlar o‘rniga aksiyalar, investitsiya fondlari, foiz to'lovlari oldindan belgilanmagan jamg‘arma va investitsiya scheklari (banklar bilan sheriklik asosida), foizli obligatsiyalar o‘rniga diskonli obligatsiyalar qo‘llanilad’ (diskontani ustama haq sifatida belgilab). Natijada Pokiston, Baxreyn, Quvayt, Indoneziya, Eron, Malayziya moliya bozorlarida obligatsiyalar (foizlisi «ribo», ya’ni «harom» hisoblanadi) va derivativlar (qimorga o‘hshaganligi uchun) segmentlari mavjud emas. Pokistonda ustamali (muhrob) davlat obligatsiyalari maxsus investitsiya fondlari ulushlariga konvertatsiyalantiriladi va ushbu fondlar orqali loyihaviy moliyalashtirishga asoslanib hukumat moliyalashtiriladi. Xalqaro statistikada qarz munosabatlarini mujassam- lashtiruvchi qog‘ozlar bo‘yicha islom mamlakatlari keltirilmaydi. Ko‘pincha bozor instrumenti bo‘lmagan «ulushli ishtirok qog‘ozlari» (participation paper), «sheriklik qog'ozlari» (partnership paper) chiqarilib, ular bo‘yicha investorlar mablag‘larini konkret loyihalarga (uy-joy, yo‘llar, kasalxonalar va shu kabilarga asoslangan) markaziy va mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda «Birgalikda moliyalashtirish» («Birgalikda ishtirok etish») asosida yo‘naltiradilar. Bu esa Islom dini tomonidan ma’qullanadi va moliyalashtirishning «Islom» shakli deyiladi. Moliya bozorini islomiylashtirish uni soddalashuviga, banklarning rolini oshishiga, yirik oilaviy investorlami ko‘payishiga, depressiv holatga tushishiga, ko‘p sonli chakana va yirik horijiy investorlarning, derivativlar va foizli obligasiyalar segmentlarini yo‘qligiga olib keldi. Download 245 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling