1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari. Moliyaviy oqimlarni boshqarish


Download 265.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi265.96 Kb.
#1363462
1   2   3
Bog'liq
1. Молия бошқаруви 2023 (молия семинар)

Молиявий бошқарув тизими 
Бошқарув 
субъект- 
лари 
Таъсир 
инстру- 
ментлари 
Пиро- 
вард 
мақсад 
Бошқарув 
объект- 
лари 
Молия 
тизими 
Молиявий 
сиёсат 
Тизимлар 
молияси 
Молиявий 
барқарор-
лик 
Президент; 
Парламент; 
Ҳукумат; 
Молия 
вазирлиги; 
Давлат 
солиқ 
қўмитаси; 
Марказий 
банк; 
Давлат мулк 
қўмитаси; 
Ҳисоб 
палатаси; 
ва бошқа- 
лар. 
Бошқарув 
принцип- 
лари; 
Молиявий 
башоратлаш 
Молиявий 
дастурлаш; 
Молиявий 
режалаш-
тириш; 
Молиявий 
тартибга 
солиш; 
Молиявий 
назорат; 
Молиявий 
қонунчи-
лик; 
Молиявий 
таҳлил. 
Бюджет 
фондлари-
ни шакл-
лантириш 
ва фойда-
ланиш бў- 
йича му-
носабат- 
лар; 
Нобюджет 
фондларини 
шакл-
лантириш 
ва фойда-
ланиш бў-
йича му-
носабат- 
лар; 
Суғурта 
фондларини 
шакл-
лантириш 
ва фойда-
ниш бў-
йича му-
носабат- 
лар. 
Макро- 
иқтисодий 
муво- 
занат; 
Бюджет 
режалари- 
нинг 
профицит- 
лиги; 
Давлат 
қарзининг 
мавжуд 
эмаслиги; 
Мустаҳ- 
кам 
(барқарор) 
миллий 
валюта. 


2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari 
 
Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida Moliyaviy boshqaruv tizimi 
quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: 

Pryezidyent va Pryezidyent dyevoni; 

Oliy Majlis va Moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bо‘yicha Oliy Majlis har ikki 
palatasining tyegishli qо‘mitalari; 

Vazirlar Mahkamasi; 

Hisob palatasi; 

Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, Xazinachilik tizimi organlari; 

Markaziy bank; 

Davlat soliq qо‘mitasi; 

Davlat bojxona qо‘mitasi; 

Davlat mulk qо‘mitasi; 

Qimmatli qog’ozlar bо‘yicha komissiya; 

Nobyudjet fondlarning ijroiya diryeksiyalari 

va boshqalar. 
Mamlakat 
Pryezidyenti 
(Pryezidyent 
dyevoni) 
Moliya 
tizimining 
faoliyatini
ryeglamyentasiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlamyent tomonidan 
qabul qilingan Moliyaviy qonunlarga “vyeto” qо‘yish huquqiga ega. 
Ikki palatadan (Syenat va Qonunchilik) iborat bо‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, 
nosoliqli tо‘lovlarni belgilaydi (о‘rnatadi), Davlat byudjetini kо‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, 
Shuningdyek, Davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, Moliyaviy 
qonunlarni (masalan, Soliq kodyeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning о‘zida davlat ichki 
va tashqi qarzining tyegishli (chyegaraviy) darajasini belgilash (о‘rnatish) ham Oliy Majlis 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat 
byudjetini kо‘rib chiqadi, Moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida
maydonda gavdalanadi. 
Davlat Moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi Moliyaviy boshqaruvga oid 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 

hajmi va maqsadga mо‘ljallanganligi bо‘yicha Davlat byudjeti va nobyudjet fondlari 
daromadlar va xarajatlarining о‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va 
amalga oshirish; 

davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga 
muvofiqligi va samaradorligini aniqlash; 

Davlat byudjeti va nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir 
kо‘rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini kо‘zda 
tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini Moliyaviy 
ekspyertiza qilish; 

Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari 
tо‘g’risida Oliy Majlisning Syenati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda 
ma’lumotlarni taqdim etish; 

va boshqalar. 
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari 
hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona Moliyaviy, byudjet, soliq va valYuta siyosatining 
amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

yagona davlat Moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; 

Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash; 



byudjet mablag’lari va nobyudjet fondlar mablag’larining oqilona va maqsadli ishlatilishi 
ustidan Moliyaviy nazoratni amalga oshirish; 

davlat Moliyasining barqarorligini ta’minlash va Moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid 
chora-tadbirlarni kо‘rish; 

mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tyegishli takliflarni ishlab 
chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini kо‘rish; 

mamlakat sosial-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlariga Moliyaviy resurslarni 
konsyentrasiya qilish (tо‘plash); 

Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidasiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida 
hisobotni tayyorlash; 

davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi 
qarzlarini boshqarish; 

uzoq, о‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mо‘ljallangan mamlakat taraqqiyotining sosial-
iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish; 

iqtisodiyotni Moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, 
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning
manfaatlarini himoya qiluvchi va qо‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
ularni amalga oshirishda qatnashish; 

mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yо‘nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar 
va tо‘lovlarning ahvolini yaxshilash bо‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish; 

faol investision siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yо‘naltirilgan choralarni 
ishlab chiqish, davlat investisiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab 
chiqish va Moliyalashtirishga qatnashish; 

Moliyaviy Rejalashtirish va milliy xо‘jalikni Moliyalashtirish sohalarida myetodik 
(uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish; 

mamlakat Moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan 
birgalikda) faol ishtirok etish; 

Moliyaviy intizom buzilganda Moliyalashtirishni cheklash yoki umuman tо‘xtatib 
qо‘yish; 

va boshqalar. 
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi dyepartamyentlar 
bо‘lishi mumkin: 

byudjet siyosati dyepartamyenti – byudjet tizimining daromadlari va xarajatlari 
tо‘g’risida siyosatni ishlab chiqadi, Davlat byudjetining loyihasini tayyorlaydi va 
byudjetning ijrosini tashkil qiladi; 

tarmoqlarni Moliyalashtirish dyepartamyenti - tugatilgan sanoat, agrosanoat komplyeksi, 
investiyalar va transport tizimlari va aloqa dyepartamyentlari bazasida (asosida) tashkil 
qilingan; 

byudjetlararo munosabatlar dyepartamyenti - respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar 
о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi; 

davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish dyepartamyenti - davlat ichki zayomlarini 
chiqarish, ular bо‘yicha foizlarni tо‘lash va ularni qaytarish, tashqi zayomlarni chiqarish 
va ularga xizmat qilish ishlarini bajaradi; 

mudofaa komplyeksi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni Moliyalashtirish 
dyepartamyenti; 

va boshqalar. 
Moliya vazirligining muhim bо‘linmasi Xazinachilik tizimi bо‘lib, u davlat byudjetining 
kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bо‘lgan 
Xazinachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish; 



kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob 
varaqlarida bо‘lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish; 

davlat nobyudjet fondlarining Moliyaviy ijrosini ta’minlash; 

davlat Moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni 
opyerativ boshqarish; 

Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga 
xizmat qilish (kо‘rsatish); 

byudjet bо‘yicha hukumatning Moliyaviy opyerasiyalari tо‘g’risida va Shuningdyek, 
mamlakat byudjet tizimining ahvoli tо‘g’risida qonunchilik va ijroiya organlariga 
hisobotni taqdim etish; 

va boshqalar. 
Mamlakatning Markaziy banki Moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bо‘lgan pul-
kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol о‘ynab, u Xazinachilik tizimi organlari bilan 
birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini 
nazorat qiladi. 
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qо‘mitasi va uning quyi organlari ham muhim 
rol о‘ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi
ularning tyegishli byudjet fondlariga tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi ustidan nazorat amalga 
oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda Moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qо‘mitasi va uning 
quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi: 

byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar, yig’imlar va tо‘lovlarning tо‘g’ri 
hisoblanishi, tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi masalalari bо‘yicha Moliyaviy 
qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish; 

soliq tо‘lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish; 

Moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa tо‘lovlarning haqiqatdagi 
tuShumlari tо‘g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish; 

ortiqcha tо‘langan soliq summalarini va soliq tо‘lovchilardan notо‘g’ri undirilgan jarima 
va pyenyalarni egalariga qaytarish bо‘yicha tyegishli ishlarni amalga oshirish; 

va boshqalar. 
Davlat bojxona qо‘mitasi va uning tyegishli organlari Moliyaviy boshqaruv tizimida 
о‘ziga xos bо‘lgan о‘ringa ega. Ular bojxona bojlarining о‘z vaqtida tushishi uchun mas’ul
hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga Yuklatilgan: 

bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bо‘yicha soliq tekshiruvlarini amalga 
oshirish; 

bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vatо‘lash bilan bog’liq 
bо‘lgan hujjatlarni tekshirish; 

soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga tо‘liq rioya qilmaganligi uchun soliq 
tо‘lovchilarning bankdagi opyerasiyalarini tо‘xtatib turish; 

soliq qonunchiligida kо‘zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish; 

va boshqalar. 
О‘z navbatida, Davlat mulki qо‘mitasi Moliyaviy boshqaruvga oid nosoliqli xarakterga 
ega bо‘lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan kyeladigan daromadlar va 
boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi. 
Qimmatli qog’ozlar bо‘yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini 
nazorat qilib, byudjet fondiga tuShuvchi tuShumlarning ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 

Download 265.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling