1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Download 265.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Молия бошқаруви 2023 (молия семинар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy boshqaruv tizimi.
Moliyaviy boshqaruv Reja: 1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati 2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari. 3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati “Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’yektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir kо‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy kо‘rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadga yо‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. Davlat jamiyatning sosial-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bо‘lgan Moliyaviy resurslarni sog’lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana Shu vazifani (muammoni) bajarish (yechish) Moliyaviy boshqaruvning zimmasiga Yuklatilgan. Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bо‘lib, boshqariladigan (ob’yektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda Moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan Moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan Moliya tizimini о‘z ichiga oladi. Bunda Moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bо‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’yektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham о‘z ichiga oladi. Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida Moliyaviy munosabatlarning turli kо‘rinishlari, Shu jumladan, davlatning sosial tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir kо‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan о‘ziga xos bо‘lgan Moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat Moliyasi, mahalliy Moliya va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasida Moliyaviy boshqaruvning sub’yekti bо‘lib Moliyaviy apparat dyeb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi. Davlatning xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va uy xо‘jaliklari bilan Moliyaviy munosabatlar sohasidagi о‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini ryeglamyentasiya qilish (tartibga solish), Moliya bozorini tartibga solish, davlatning qо‘llab- quvvatlash tizimi, pyensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profisitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valYutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bо‘ladigan Moliyaviy barqarorlik va Moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: pirovard maqsadga bog’liqlik; xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi; jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish; iqtisodiy qonunlardan foydalanish; real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. Moliyaviy boshqaruvning konkryet myetodlari va shakllari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: Moliyaviy Rejalashtirish; bashoratlash (prognozlashtirish); dasturlashtirish; Moliyaviy tartibga solish; Moliyaviy nazorat; Moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish; Moliyaviy resurslarni jalb qilish myetodlari tizimi. Eng umumiy kо‘rinishda Moliyaviy boshqaruv tizimini 2-sxemadagidyek tasavvur qilish mumkin (navbatdagi byetga qarang). 2-sxema. Moliyaviy boshqaruv tizimi. Download 265.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling