“Iqtisodiyot nazariyasiˮ fani bilan bog‘liq. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlarning ma’lum qonuniyatlarini, ularning xarakterlanish va amal qilish yo‘llarini o‘rgatadi. Moliyaviy tahlil esa shu qonunlarning korxona, firma, birlashma va shu kabilar doirasida sodir bo‘lish va amal qilish jarayonini o‘rganadi. - 5. MOLIYAVIY TAHLIL FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
-
-
- Moliyaviy tahlil fani “Moliyaviy hisobˮ fani bilan ham uzviy bog‘liq. Bu fanlar mazmun va mohiyati jihatidan aniq amaliy fanlar guruhiga kiradi. Tahlil moliyaviy hisobning navbatdagi bosqichi sifatida uning mantiqiy davomi bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy hisobning vazifasi moliyaviy hisobotni tuzish, axborotlarini umumlashtirish bilan tugaydi. Shu hisobotlar va boshqa axborotlar asosida sodir bo‘lgan va bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish bilan moliyaviy tahlil shug‘ullanadi.
- Bizga ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib va shu tahlil ma’lumotlariga asosan tegishli boshqaruv qarorlari qabul qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tahlil “Boshqaruv hisobiˮ fani bilan ham o‘zaro aloqador.
-
-
- Moliyaviy tahlil “Statistikaˮ fani bilan ham bevosita bog‘liq. Statistikada iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari o‘rgatilsa moliyaviy tahlilda shu ko‘rsatkichlardan tahlil qilish uchun foydalaniladi. Statistik hisob va hisobot ma’lumotlari ham moliyaviy tahlil uchun axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tahlil jarayonida ham statistik usulardan foydalaniladi. Statistika ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni asosan makrodarajada talqin qilsa, tahlil ularni mikrodarajada o‘rganadi.
- Shuningdek, “Moliyaviy tahlilˮ fani “Auditˮ fani bilan ham uzviy bog‘liqdir. Audit va auditorlik faoliyati tushunchalari mustaqilligimizning dastlabki yillaridan kirib keldi va qo‘llanila boshladi. Bugungi kunda “Auditˮ mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday holda ham audit moliyaviy hisobotda ifodalangan ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri shakllantirilganligiga baho berishi uchun ularni tahlil qilib o‘rganishi lozim bo‘ladi. Chunki, asosli auditorlik xulosasi tahlil natijalariga asoslangan holda shakllanadi. Bundan audit va tahlil bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
- Moliyaviy tahlil va boshqaruv tahlili shakllari bir-biri bilan bog‘liq, ammo bajaradigan vazifalari va xususiyatlari turlicha hisoblanadi.
- Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega:
- moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo‘lib, tahlil ma’lumotlaridan hamma foydalanishi mumkin;
- moliyaviy tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tarkibi keng hisoblanadi;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan hisobot ma’lumotlariga asoslanadi;
- moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o‘tkaziladi;
- moliyaviy tahlilning yo‘nalishi moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo‘lib, unda aniq vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustahkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlardir.
- MOLIYAVIY TAHLILNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
- E’TIBORLARINGIZ
- UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |