- 1. Moliyaviy tahlilning vujudga kelishi, zamonaviy boshqaruvdagi roli va ahamiyati
- 2. Moliyaviy tahlilning predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari
- 3. Moliyaviy tahlilning metodi va uning oʻziga xos xususiyatlari
- 4. Moliyaviy tahlilda qoʻllaniladigan usullar
- 5. Moliyaviy tahlil fanining boshqa fanlar aloqadorligi va oʻziga xos xususiyatlari
- MAVZU: MOLIYAVIY TAHLIL FANINING NAZARIY ASOSLARI
-
- Tahlil fanini vujudga kelishi va fan sifatida shakllanishida o‘ziga xos evolyutsion yo‘lni bosib o‘tgan. Uning vujudga kelishi, shakllanishi va mustaqil fan sifatida rivojlanishi iqtisodchi olimlarning jumladan, M.Q. Pardayev, A.V. Vahobov, A.T. Ibrohimov, N.F. Ishonqulov, T. Qudratov, N. Fayziyeva, M.Q. Pardayev, J.I. Isroilov va B.I. Isroilovlarning tahlilga oid ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida atroflicha yoritilgan.
- Пардаев М.Қ. Иқтисодий таҳлил
- назарияси. Самарқанд, «Зарафшон» 2001. -28 б.
- Ваҳобов А.В., Иброҳимов А.Т.,
- Ишонқулов Н.Ф. Молиявий ва бошқарув
- таҳлили. – T.: «Шарқ» 2005. - 20 б.
- Qudratov T., Fayziyeva N. Korxonalar faoliyati-
- ning tahlili va nazorati. –T.: “Voris-nashriyotiˮ, 2012. -7 b.
- Pardayev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy
- tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. -12 b.
-
-
- Bu fanni paydo bo‘lishi, shakllanishi va takomillashishiga olib keluvchi omillar jamiyatda yuzaga kelgan obyektiv shart-sharoitlar hisoblanadi.
- Xususan, XVI – XVII asrlarda ishlab chiqarishning takomillashib borishi, erkin raqobatning vujudga kelishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy ahvolini baholash va yaxshilash borasida oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib o‘rganish zarurati o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
-
-
-
-
- Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarda «Счётоводство» jurnalida chop etilgan maqolalarda paydo bo‘la boshlagan. Ushbu maqolalar asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag‘ishlangan. Chunki, o‘sha davrlarda xo‘jalik faoliyatining natijalari asosan buxgalteriya balansida aks ettirilgan.
-
-
- Fan o‘zining rivojlanish yo‘li davomida:
- - “Balansshunoslikˮ,
- - “Balans talqiniˮ,
- - “Balansni tahlil qilishˮ,
- - “Hisobot tahliliˮ,
- - “Iqtisodiy tahlilˮ,
- - “Sotsial-iqtisodiy tahlilˮ,
- - “Xo‘jalik faoliyati tahliliˮ,
- - “Moliyaviy va boshqaruv tahliliˮ,
- - “Iqtisodiy tahlilˮ,
- - “Moliyaviy tahlilˮ nomlari bilan atalib kelingan.
- Tahlil fani 1940-yillarga kelib, “Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishˮ fani sifatida to‘liq shakllangan va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlagan. Shu davrda iqtisodchi olimlar tomonidan ushbu fanga doir darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi va chop ettirildi.
-
-
- Jumladan, S.K.Tatur «Анализ хозяйственной деятельности промышленных предприятий»,
- N.R.Veysman «Анализ хозяйственной
- деятельности промышленных предприя-
- тий», M.S.Rubinov «Основы учёта и ана-
- лиза хозяйственной деятельности
- промышленного предприятия» va
- boshqa darsliklar chop ettirildi.
- XX asrning 50 – 60-yillaridan boshlab, tahlil fanini iqtisodiyot tarmoqlariga mos holda bir qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari faoliyatining tahlili, qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
-
-
-
-
-
-
- O‘tgan asrning 70–80-yillarida iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha ijobiy ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. Ushbu fanning nazariy asoslari birinchi bo‘lib Rossiyalik iqtisodchi olimlar M.I. Bakanov va A.D. Sheremetlar tomonidan bir tizimga keltirilgan holda 1987-yilda «Теория экономического анализа» nomli darslik sifatida chop ettirildi.
- Shundan so‘ng, bu fanga doir nazariy
- masalalar Ukrainalik, Belorussiyalik va O‘zbe-
- kistonlik olimlar tomonidan ham o‘rganildi.
- Hozirgi kunga qadar oliy o‘quv yurtlarida
- “Iqtisodiy tahlil nazariyasiˮ mustaqil fan
- sifatida o‘qitilib kelinmoqda.
-
-
-
-
-
- XX asrning 70–80-yillarida iqtisod fanlari doktori, professor I.T. Abdukarimov rahbarligida tahlil fanini o‘zbek maktabiga asos solindi. Ushbu maktab a’zolarining Respublikamizda tahlil fanini shakllanishi va vujudga kelishida qo‘shgan hissasi katta hisoblanadi.
- Ularning tahlil fanini nazariy,
- uslubiy va tashkiliy jihatlarini shakllanti-
- rish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarini
- alohida etirof etish lozim. Jumladan,
- ushbu davrda tahlil maktabi a’zolari
- I.T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev va
- A.A. Abdiyevlar tomonidan “Xo‘jalik
- faoliyatining tahliliˮga bag‘ishlangan to‘rt tomlik
- albom yaratildi.
-
-
-
-
-
-
- O‘tgan asrning 80-yillariga kelib Respublikamizda tahlil fani rivojlana boshladi. Bunda Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borgan iqtisodchi olimlardan E. Akramov, Yo. Abdullayev, E. Ergeshev, N. Xan, X. Shodiyev, A. Shoalimov va boshqalarning hissasi katta hisoblanadi.
- 1990-yillarning boshlariga kelib Respublikamizda tahlil faniga oid dastlabki o‘zbek tilidagi adabiyotlar yaratila boshlandi. Jumladan, I.T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev, A.A. Abdiyev va V.I. Abdukarimovlar tomonidan “Matbuot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishˮ mavzusida birinchi marta o‘zbek tilida darslik vujudga keldi
-
-
-
-
-
-
-
-
-
- Hozirgi kunda Respublikamizda tahlil faniga oid ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar chop ettirilgan.
- Jumladan, iqtisodchi olim professor M.Q. Pardayev tomonidan yaratilgan “Iqtisodiy tahlil nazariyasiˮ nomli,
- A.V. Vahobov, A.T. Ibrohimov va N.F. Ishonqulovlarning “Moliyaviy va boshqaruv tahliliˮ nomli,
- E. Ergeshevning “Iqtisodiy va moliyaviy tahlilˮ nomli,
- T.Sh. Shog‘iyosov “Kompleks iqtisodiy tahlilˮ nomli, M.Q.Pardayev, J.I. Isroilov va B.I. Isroilovlarning “Iqtisodiy tahlilˮ nomli,
- T.Q. Qudratov va N. Fayziyevalarning “Korxonalar faoliyatining tahlili va nazoratiˮ nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanilib kelinmoqda.
-
-
-
-
-
-
- Shuningdek, “Moliyaviy tahlilˮga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar ham chop etildi. Bular jumlasiga M.Q. Pardayevning “Moliyaviy tahlil metodologiyasiˮ, A.T. Ibrohimovning “Moliyaviy tahlilˮ, I.T. Abdukarimovning “Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish yo‘llariˮ, I.O. Voljin va V.V. Ergashboyevlarning “Moliyaviy tahlilˮ, E.A. Akramovning “Korxonalarning moliyaviy holati tahliliˮ, M.Q. Pardayev va B.I. Isroilovlarning “Moliyaviy tahlilˮ va M.Yu. Raximovning “Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahliliˮ, M.Yu. Raximov va N.N. Kalandarovalarning “Moliyaviy tahlilˮ, R.D.Dusmuratov va A.S.Boltayevlarning “Moliyaviy tahlilˮ kabi o‘quv adabiyotlari kiritish mumkin.
- Moliyaviy tahlilning
Do'stlaringiz bilan baham: |