1. Moliyaviy tahlilning vujudga kelishi, zamonaviy boshqaruvdagi roli va ahamiyati


Download 1.63 Mb.
bet4/12
Sana06.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1750984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslari

Moliyaviy tahlil – korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy hisobotlar ma’lumotlariga asoslanib o‘tkaziladigan tahlildirˮ, deb ta’riflaydi.
    • Moliyaviy tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va samaradorligiga baho berish hamda yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida o‘tkaziladigan tahlildir.
    • “Moliyaviy tahlilˮ fanining predmeti deganda buxgalteriya hisobi va hisobotida ifodalangan ko‘rsatkichlar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini o‘rgangan holda baho berish va yaxshilash imkoniyatlarini ishlab chiqishni o‘rganishga aytiladi.
    • Boshqa fanlar singari moliyaviy tahlil fanini ham obyekti bo‘lishi lozim. Har qanday fanning obyekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini ko‘rsatib beradi. “Moliyaviy tahlilˮ fanini predmeti hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mulkchilikka asoslangan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu sababli, moliyaviy tahlil fanini obyektiga davlat, korxonalar, tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyektlar mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabilarga bo‘linadi.
    • Moliyaviy tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari orqali o‘tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda erishilgan hamda kelgusida erishiladigan moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va moliyaviy holatiga har tomonlama baho berish hamda mavjud kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha to‘g‘ri xulosalarni shakllantirishdan iborat.
    • Ushbu maqsadga erishishda
      Download 1.63 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling