1. Moliyaviy texnologiya sohalari. Blokcheyn texnologiyalar
Raqamli pasportlar blokcheynda ishlaydi
Download 0.58 Mb.
|
10 mavzu Moliyaviy texnologiya sohalari, Kriptovalyutalar bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kriptovalyutalar bozori. Yangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha turdagi moliyaviy aktivlar bo’lib, ular jumlasiga kriptovalyutalar
- Bitkoin
Raqamli pasportlar blokcheynda ishlaydi
Dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar o‘zlarining shaxsini tasdiqlashga [ҳужжат билан] qiynalishadi. Microsoft buni o‘zgartirishni xohlaydi. Ayni paytda kompaniya markazlashtirilmagan raqamli identifikatsiya tizimini ishlab chiqmoqda. Tizim har bir insonga unikal raqam beradi. U bank xizmatlaridan foydalanishda, sog‘liqni saqlashda va hatto dunyo bo‘ylab sayohat qilishda ishlatilishi mumkin. Klassik tizim bilan blokcheyn tizimining taqqoslanishi quyidagi chizma orqali amalga oshirilishi mumkin: 3. Kriptovalyutalar bozori. Yangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha turdagi moliyaviy aktivlar bo’lib, ular jumlasiga kriptovalyutalar ham kiradi. Hozirgi paytda turli xil kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan mingdan ortiq kriptovalyutalar mavjud va ularning har biri kriptoiqtisodiyot sohasida bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradilar. Shulardan biri – ICO (Initial coin offering) bo’lib, uning yordamida biror bir loyiha uchun jamoaviy mablag’ yig’ish jarayonini uyushturish mumkin. Bunday usulda jamoaviy moliyaviy mablag’lar to’plash mexanizmining nomi kraudfunding usuli vositasida innovatsion moliyaviy mablag’lar topish deb ataladi. Bunday usul yordamida mablag’ to’plash uchun original usul taklif etiladi: kriptovalyutada kafolat shartnomalari, ya’ni, blokcheynga asoslangan ommaviy kraudfanding modeli versiyasi tashkil qilinadi – unda tashkilotchilar qatnashchilarning pul o’tkazmalari kattaligi belgilangan kattalikda bo’lishi aniqlangach, ular investitsion hamyonga oldindan kelishib olingan miqdordagi pul o’tkazmalari o’tkazishadi. Pul mablag’lari o’tkazuvchilarni «ovlash» va to‘plangan mablarni himoya qilish uchun shartli depozit schetlar yaratish o‘rniga blokcheyn va u bilan bog‘liq dasturiy ta’minot bu ishni avtomatik ravishda barchaga ko’rinib turgan tarzda bajaradi. Maxsus ajratilgan va buzib kirishdan himoya qilingan, faqat dasturiy nazorat ostida bo‘ladigan elektron hamyonda zarur miqdordagi mablag‘lar to‘plangach, u tashkilotning zaxira qilingan mablag‘lari saqlanadigan boshqa hamyon bilan birlashtiradi. Ta’kidlaganimiz kabi, blokcheyn texnologiyasi ilk bora bitkoin to‘lov vositasini tartibga solish uchun ishlab chiqilganligi sababli, avvalo, ushbu jihatdan tahlil etishimiz maqsadga muvofiqdir. Bitkoin – pulning raqamlashtirilgan shaklidir, biror muomaladagi naqd valyutalardan farqli o‘laroq, bitkoin Markaziy bank nazorati ostida emas. Muomaladagi valyutalardan farqli ravishda, bitkoinning moliyaviy boshqarish tizimi sifatida butun dunyo bo‘ylab tarqalgan minglab kompyuterlar namoyon bo‘ladi. Har bir shaxs mazkur ekotizimning ish jarayonini tashkil etilishida bevosita, ochiq kodli dasturiy ta’minotni o‘rnatgandan so‘ng ishtirok etishi mumkin. Bitkoin o‘z o‘rnida birinchi kriptoaktiv sifatida qaralib, uning o‘ziga xos xususiyati: o‘zgartirishning, nazorat qilishning imkoniyatining mavjud emasligi, ko‘p marotaba foydalanishning imkonsizligi hamda istalgan vaqtda va istalgan joydan tranzaksiyalarning amalga oshirishning imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Bitkoin, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda saqlanmaydi, u blokcheynda yozilgan tranzaksiyalar bilan ifodalanadi. Blokcheyn yuqorida ta’kidlangani kabi kriptovalyutavning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Kriptovalyuta blokcheyn texnologiyasiga asoslangan har qanday raqamli valyutadir. Qolaversa, kriptovalyuta kriptografik usullar va uni yaratgan va targ‘ib qiluvchi jamiyatning ishonchi bilan belgilanadigan valyutasi sifatida qaraladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘z-o‘zidan yangi to‘lov tizimlarini yaratilishiga olib keldi. Banklar hisobraqamlaridagi pullar hamda kriptovalyuta o‘rtasida farq unchalik katta emas. Farqi shundaki birini nazorat qilib bo‘ladi, ikkinchisini esa nazorat qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda moliya bozorida 2000 dan ortiq turli xil kriptografik valyutalarning katta tanlovi mavjud bo‘lib, ularning soni har yili ortib bormoqda. Buning sababi, raqamli pullar bozorining jadal rivojlanayotgan segmentiga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan keng jamoatchilik va yirik investorlar soni ko‘paymoqda. Mazkur kriptovalyutalar orasida eng katta muvaffaqiyat qozongani bu shubhasiz “Bitcoin”dir. Shunga qaramay boshqa turdagi kriptovalyutalar ham raqamli pullar bozorida o‘z o‘rniga ega. Misol tariqasida Ethereum, XRP, Binance coin, Solana, Tether, Cardano, Polkadot va boshqalarni aytish mumkin. E’tiborimizni Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada namoyon bo‘lishiga qaratishimiz lozim. Hozirgi kunda odamlar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan nomoddiy axborotlarni interaktiv jarayonlarni amalga oshiruvchi internet platformasi orqali amalga oshirish jadallashgan. Ammo fuqarolar tomonidan pul bilan bog‘liq munosabatlarda, shaxslar ko‘proq bank emitentlariga murojaat qilishi barchaga ma’lum holatdir. Oddiy misol, bugungi kunda mamlakatimizda ommalashgan pul tranzaksiyalarni amalga oshirishda, “Click”, “Payme”, “Apelsin” kabi ilovalar mavjud bo‘lib, ushbu ilovalar orqali elektron pul mablag‘larini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish imkoniyati mavjud. Xususan, “Apelsin” ilovasida pul mablag‘larini viza, master karta orqali boshqa davlat valyutasiga erkin konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan. Bir ko‘rinishda, shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan elektron pul mablag‘larini o‘tkazish bevosita, shaxslar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilayotgandek ko‘rinsa ham, ushbu vaziyatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) o‘rtada vositachi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular orqali o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Bevosita, butun dunyoda amalga oshiriladigan pul mablag‘larining o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi to‘lov usullaridan biri hisoblanmish – RauPulning mohiyatiga ham e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, unda ham qoidaga ko‘ra, bank hisob raqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya talab qiladi. Blokcheyn texnologiyasi esa o‘z navbatida, “ortiqcha bo‘g‘in”dan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish. “Bitkoin” atamasi ikki ingliz so’zlarining qisqartmasidan iborat: bit – ikkilik sanoq tizimidagi informatsiya birligi va coin – tanga. Yana bosha bir tarafdan, bitkoin internet tarmog’ining protokolini hamda ushbu to’lov tizimida ishlatiladigan hisob birligini anglatadi.Bitkoin blokcheyni ochiq va erkin texnologiya bo’lib, bir rangli (per-to-peer yoki P2P) tarmoqda markaziy hokimiyatsiz (moliyaviy organlar ishtirokisiz) faoliyat ko’rsatadi. Bu texnologiya har bir tranzaktsiyani vaqti va sanasini hisobga olgan holda katta buxgalteriya kitobi (ledger)ga yozib qo’ygan holda bitkoin yoki BTC ob’ektlarini o’zaro almashinishga imkon beradi va ushbu elektron kitobda hech nimani o'zgartirish mumkin bo'lmaydi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling