1. Moliyaviy texnologiya sohalari. Blokcheyn texnologiyalar


Download 0.58 Mb.
bet15/15
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1500406
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10 mavzu Moliyaviy texnologiya sohalari, Kriptovalyutalar bozori

kriptovalyutalar birjasi haqida ham bir fikrlab ko’ramiz. Agar siz nima
qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va
bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim.
Kriptovalyutalar birjalari ko’pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda
ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga
odamlar brokerlarsiz biror bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda
boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bundan boshqa
ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum
bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish
mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini
esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga –
dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa –
kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni
efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida
almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasi rolida ishtirok etadi. Agar birja savdosi siz uchun murakkablik qiladigan bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat qilishingiz kerak bo’ladi. Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani
boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beradigan oddiy servislardir.
Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda shuni yodda tutish kerakki,
oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu
sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak.
Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi
fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin. Endi esa kriptovalyutalar kapitallashuvi
masalasini ko’rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda odamlar
yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mohiyatini tushunmaslik yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi, bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvi kriptovalyutalar kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik baland ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq
ayrim mutaxassislar qaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar
bo‘yicha aniqlashning imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi –
tortishuvli masala degan fikrlarga qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib
ketish holatlari ekspertlar orasida shubha uyg‘otadi. «Satosi Nakamotu» niki
ostida ishlaydigan tadbirkorlik sub’ektlariu bir necha yil oldin million bitkoin bilan
birga g‘oyib bo‘lgandeb hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda
«yonib» ketgan kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta,
hozir tizim ancha havfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu
masalaga jiddiyroq yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling