1 Mоnоpоliya nima?


) Izokosta chizig`ning parallel siljishi sabablari nimada?


Download 81.96 Kb.
bet22/34
Sana19.11.2023
Hajmi81.96 Kb.
#1786273
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
1 Mînîpîliya nima (1)

157) Izokosta chizig`ning parallel siljishi sabablari nimada?
Firma byudjetining o‘sishi yoki resurslar narxining pasayishi izokostani o‘ngga siljitadi, byudjetning qisqarishi va resurslar narxining oshishi izokostani chapga siljitadi.
158) Ko`lam samarasi nimani ifodalaydi?
Firmaning uzoq muddatli strategiyasini tahlil qilish xususiy tadbirkorlikdan to jamoat maktablarigacha, kommunal va xususiy xizmathamda korxonalar faoliyatini tartibga solish kabi vaziyatlar uchun juda muhim. 
159) Firmalarning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati nimalar bilan xarakterlanadi?
Qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin.Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o‘zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli oraliqlar har-xil mahsulotlar uchun turlicha bo‘lishi mumkin.
160) Firmaning ichki va tashqi xarajatlarini izohlab bering.
Tashqi xarajatlarga tashqi to‘lovlar, tashqi mol etkazib beruvchilarga (xom -ashyo, materiallar, elektr energiyasi, gaz) to‘lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi.
Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi:a) tadbirkorning o‘ziga tegishli resurslarga bo‘lgan xarajati; b) tadbirkorlik qobiliyatiga to‘g‘ri keladigan va tadbirkorga tegishli bo‘lgan normal foyda. Buxgalteriya foydasidan ichki xarajatlarni ayirib tashlasak iqtisodiy foydani olamiz.Tashqi va ichki xarajatlarning yig‘indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi.
161) Ishlab chiqarish xarajatlari grafikda qanday tasvirlanadi?
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.

Download 81.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling