1. Morfemika haqida ma’lumot So’zning morfemik strukturasidagi o’zgarish Morfemalarning funksional-semantik tasnifi


Download 17.38 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi17.38 Kb.
#1120586
  1   2
Bog'liq
Funksional semantik va struktur tasnif




1-mavzu: Morfemika. Morfemaning funksional-semantik va struktur tasnifi.


Reja:
1.Morfemika haqida ma’lumot
2.So’zning morfemik strukturasidagi o’zgarish
3. Morfemalarning funksional-semantik tasnifi.
4. Morfemalarning struktur tasnifi.
Morfemika va uning birligi haqida umumiy ma’lumot. Morfemika so`zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot. Ma’lumki, o`zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o`laroq, o`zak mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga ega. So`zning o`zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo`llanmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi. Masalan, (paxtakorlarga) so`zi (paxta), (-kor), (-lar), (-ga) qismlaridan iborat. Ajratilgan har bir tarkibiy qism bu so`z doirasida o`ziga xos elementar va semantik mavqega ega. Ular lisonda ana shunday ajralgan holda o`z «xonacha»larida guruh-guruh bo`lib yashaydi.
(Paxta-) va (-kor), (-lar), -ga qismlari o`zaro semantik va qo`llanish xususiyati jihatidan farqlanadi. [Paxta] birligi mustaqil lug`aviy ma’noga egaligi va bu ma’noni qolgan qismlarsiz ham anglata olish xususiyati bilan boshqa tarkibiy qismlardan ajralib turadi. Shuning uchun u leksema deyiladi. Boshqa qismlar esa ajralgan holda mavhum bo`lishi, leksemasiz mustaqil ma’no anglata olmasligi bilan xarakterlanadi. Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni morfema deb atashga olib kelgan. Morfemaning nutqiy ko`rinishi qo`shimcha deyiladi.
Tilimizda yordamchi so`z deb ataluvchi katta guruh ham bor bo`lib, leksema va morfema sirasida «oraliq uchinchi» maqomida bo`ladi. Shuning uchun ularni leksema-morfema deyish mumkin. Yordamchi so`zning leksemaligi shundaki, u mustaqil so`z kabi ajralganlik xususiyatiga ega. Biroq shakllanuvchanlikka ega emas. Lug`aviy ma’noga ega emasligi ularni morfemik maydon sari tortib turadi.
Lisoniy sathda leksema qo`shimchali yoki qo`shimchasiz bo`lishi mumkin. Masalan, [ishchi], [paxtakor], [ishla] leksemalari – nutqiy yasama so`zning lisoniylashuvi. Ular leksema sifatida lisonda [ish], [paxta] leksemalaridan farqli o`laroq, so`z yasovchi qo`shimcha bilan birga mavjud. Qo`shimchadan xoli leksema o`zak atamasi bilan ham nomlanadi.
Turkiy tillarda nol morfema grammatik shakl sirasida ustuvor mavqega ega ekan, nutqda voqelangan aksariyat mustaqil leksema qo`shimchasiz bo`lishi mumkin emas. Moddiy qiyofali morfemasiz bunday so`z nol qo`shimchalidir. Masalan, nutqdagi Kitobni o`qi, Uyga bor, U a’lochi gaplaridagi (o`qi), (bor), (a’lochi) so`zlari – nol qo`shimchali nutqiy birlik.
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so`zning o`zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, [xona] leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida «joy» semali yasama so`zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan mahrum bo`lgan. [Noma], [goh], [xo`r] leksemasi ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Albatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo bo`lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.

Download 17.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling