1. Motivatsiya haqida tushuncha Kasbiy kompitentlik part 01 Motivatsiya haqida tushuncha Motivatsiya


Download 12.8 Kb.
bet2/5
Sana01.11.2023
Hajmi12.8 Kb.
#1737711
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik kompensatsiya slayd

Vaqtincha bandlik motivatsiyasi yuqorida keltirilgan tahlilda katta miqdorni ifodalamagan boʻlsada ayrim holatlarda sodir boʻlganligi kuzatildi. Shunga bogʻliq konsepsiya hisoblanmish, maqsadsiz motivatsiya nazariyada ma’lum e’tiborni kasb etmoqda. Ryan va Deci (2000) maqsadsiz motivatsiyaga ega talabalarni universitetga nima uchun borishlarini bilmaydigan, oʻzlarini raqobatbardosh his qilmaydigan va tevarak atrofda sodir boʻlayotgan voqealarni nazorat qilish xususiyatiga ega emasliklari bilan izohlaydi. Shu yoʻsinda ular motivatsiya ta’sirini sezmay qoladilar. Bundan kelib chiqadiki, haqiqiy motivatsiya nafaqat kuchli qudratga ega, balki talabalarni toʻgʻri yoʻnaltiruvchi kuch hamdir. Shu vaqtgacha motivatsiyaga talabalarning maqsadlarigina xolos deb qaralib kelingan, lekin motivatsiya kengroq ma’noda ham xizmat qilishiga e’tibor berilmagan. Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Motivatsiya - psixologik lug’atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir.

  • Vaqtincha bandlik motivatsiyasi yuqorida keltirilgan tahlilda katta miqdorni ifodalamagan boʻlsada ayrim holatlarda sodir boʻlganligi kuzatildi. Shunga bogʻliq konsepsiya hisoblanmish, maqsadsiz motivatsiya nazariyada ma’lum e’tiborni kasb etmoqda. Ryan va Deci (2000) maqsadsiz motivatsiyaga ega talabalarni universitetga nima uchun borishlarini bilmaydigan, oʻzlarini raqobatbardosh his qilmaydigan va tevarak atrofda sodir boʻlayotgan voqealarni nazorat qilish xususiyatiga ega emasliklari bilan izohlaydi. Shu yoʻsinda ular motivatsiya ta’sirini sezmay qoladilar. Bundan kelib chiqadiki, haqiqiy motivatsiya nafaqat kuchli qudratga ega, balki talabalarni toʻgʻri yoʻnaltiruvchi kuch hamdir. Shu vaqtgacha motivatsiyaga talabalarning maqsadlarigina xolos deb qaralib kelingan, lekin motivatsiya kengroq ma’noda ham xizmat qilishiga e’tibor berilmagan. Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Motivatsiya - psixologik lug’atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir.


Download 12.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling