1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Gidratlash mahsulotlarini olishda ishlatilishi


Oqlovchi tuproqlarga qo‘yiladigan talablar


Download 1.04 Mb.
bet19/51
Sana12.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1700896
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
Bog'liq
GIDROGENLASH. GIDROBORLASH (BRAUN REAKSIYASI) VA UNING QO‘SH BOG‘NI GIDROGENLASH VA GIDRATLASH MAHSULOTLARINI OLISHDA ISHLATILISHI

Oqlovchi tuproqlarga qo‘yiladigan talablar. Sorbentlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.Ular yuqori adsorbsion yutish qobiliyatiga ega bo‘lishi va kamsarflanib yuqori adsorbsion rafinatsiya natijasini berishi kerak. Yog’‘ va moylarni oqartirish uchun ishlatilayotgan adsorbentning aktivligi oqartirish faktori F0 bilan xarakterlanadi va oqartirilgan va oqartirilmagan yog’‘larning balandligining nisbatiga teng.
2. Bu ko‘rsatkich sorbentlar bilan oqartirilgan yog’‘larda birdan katta bo‘ladi. Oqartirish faktori ko‘rsatkichi katta bo‘lsa, sorbent shunga aktiv bo‘ladi.Ba’zida oqartirish darajasi boshqa ko‘rsatkaichlar bilan ifodalanadi. Masalan: oqartirilgan va oqartirilmagan yog’‘lar rangini yodning har xil konsentratsiyali eritmasi bilan solishtirib ko‘riladi yoki svetomerda qizil va sariq rang birikmalari kombinatsiya qilinib aniqlagadi.
3. Sorbentning moyni yutish qobiliyati kam bo‘lishi kerak.(Sorbentning moyni shilish qobiliyati deganda, unda qolgan moyning % miqdori tushuniladi).Ishlatilgan sorbentning yog’‘dan to‘liq va oson ajratib olinishi zarur.Sorbent yog’‘ga kimyoviy ta’sir ko‘rsatmay va tozalab bo‘lmaydigan hid, maza qoldiradigan bo‘lmasligi kerak.
4. Sorbent yog’‘dan oson texnik usulda ajratib olinishi kerak, masalan, filtratsiya yordamida.Oqartirish effektini oshirish uchun oqartiruvchi tuproq bilan aktivlashtirilgan ko‘mir OU yoki BAU markalarining aralashmalaridan foydalaniladi.
Aktivlashtirilgan oqartiruvchi tuproqlar. Tuproqlarning oqlash qobiliyatini sun’iy ravishda aktivlashtirish uchun ularni 250-3000 C da termik qizdiriladi yoki kislotalar yordamida ishlov beriladi. Kislota yordamida oqartiruvchi tuproqni aktivlashtirish yuqori natija beradi, shuning uchun bu usul ko‘proq qo‘llaniladi.
Oqartiruvchi tuproqlarga mineral kislotalar ta’sirida Mg,Fe,Al,Ca metallarning erishi natijasida tuproqning g‘ovakligi oshib, aktiv yuzasi kattalashadi va kremnekislotalar hosil bo‘lishi tuproqning aktivligini oshiradi. So‘ngra yog’‘ massasiga nisbatan 10-15% miqdorda 30-35% konsentratsiyali NCl yoki H2SO4 solinadi.
Tuproqni mineral kislota bilan aktivlashtirish uchun xom tuproq tozalanadi, maydalanadi, keyin bakga solinib suv bilan 25% suspenziya tayyorlanadi va nasos yordamida filtr orqali futerovkalangan changa beriladi. NCl ishlatilganda yaxshi natija beradi, lekin H2SO4 ko‘p qo‘llaniladi, chunki apparatni kamroq korroziyalaydi. Kislota solingandan so‘ng mahsulotgag’ berilib aralashtirilib, 100-1050C gacha qizdiriladi va 1 sutkaga qoldiriladi. Tindirilgan nordon suv neytralizatsiya qilinib kanalizatsiyaga yuboriladi. Cho‘kma filtpressga beriladi va suv bilan yuvilib, kislotadan tozalanadi. So‘ngra 100-1100Cda namligi 5% bo‘lguncha quritiladi. Quritilgan tuproq maydalanadi, elanadi va kraft qoplarga solinadi. Aktivlashtirilgan ko‘mirning oqartiruvchi qobiliyati 2 marta oshadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling