1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish


Turg‘un katalizatorda gidrogenlash


Download 1.07 Mb.
bet41/51
Sana13.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1355655
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ixtisoslikka kirish (1)

Turg‘un katalizatorda gidrogenlash. Rasmda turg‘un katalizator joylashtirilgan reaktorda uzluksiz gidrogenlash sxemasi ko‘rsatilgan.

produvka

produvka

produvka

tozalangan vodorod

yangi vodorod

22 – rasm. Turg‘un katalizatorli kolonna reaktorda uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi.
Xomashyo (1) sig‘imdan (2) nasos yordamida (8) issiqlik almashtirgich va (16) quvurli isitgich orqali uzluksiz ishlovchi (15) vakuum quritish uskunasiga beriladi. So‘ngra (3) yig‘gichdan (4) nasos bilan (5)g’li isitgich orqali (6) aralashtirgichda vodorod bilan birga (7) reaktorga beriladi. Reaktordan chiqayotgan salomas (17) salomas yig‘gichga va undan so‘ng (8) issiqlik almashtirgichga keladi.
Shundan so‘ng salomas (9) nasos yordamida (18) quvurli sovutkich orqali (10) tayyor mahsulot yig‘gichga uzatiladi va (11) nasos bilan omborxona baklariga jo‘natiladi.
Tozalangan va yangi vodorod aralashmasi (14) aralashtirgichdan (13) kompressor yordamida (19) resiver va (12)g’li isitgich orqali (6) aralashtirgichga, keyin (7) reaktorga beriladi, (17) salomas yig‘gichdan vodorod tozalash sistemasiga jo‘natiladi.
Qotishmali turg‘un katalizator ishtirokida gidrogenlash jarayoni 180-2200S va bosimi 0,6-0,8 MPa ga teng bo‘lgan sharoitda olib boriladi va texnik salomas olinadi.
Bunda berilayotgan vodorod miqdori 300-400 m3/soatni va reaktorni ish unumdorligi 0,6-1,5 t/soatni tashkil qiladi. Turg‘un katalizatorli kolonna tipidagi reaktorga beriladigan vodorod miqdori gidrogenlashga sarf bo‘ladigan vodorod miqdoridan 6-10 marta ko‘p bo‘ladi.
Foydalanish jarayonida turg‘un katalizator gidrogenlash davomida aktivligini yo‘qotadi. Masalan, qotishmali turg‘un katalizatorni ishlash muddati 1-3 oygacha bo‘ladi. Shundan so‘ng gidrogenlash reaktorlarida katalizator regeneratsiya qilinadi.
Aktivligini yo‘qotgan qotishmali katalizator sirt faol moddalarni issiq eritmasi bilan yuvib, yog’‘sizlantiriladi. Keyin salomas qoldiqlarini sovunlash va katalizatorni ishqorlash uchun 1-2% li ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi. Katalizatorga ishlov berib bo‘lgandan so‘ng suv bilan yuviladi va vodorod bilan quritiladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling