1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish


-jadval Yog’‘larni energetik qiymatlari


Download 1.07 Mb.
bet44/51
Sana13.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1355655
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ixtisoslikka kirish (1)

13-jadval
Yog’‘larni energetik qiymatlari

Yog’‘lar

O‘rtacha energetik qiymati, Kj

Kishi organizmiga singishi, %

Sut yog’‘i

38,64

93-98

Paxta moyi

39,48

95-98

Kungaboqar moyi

39,23

95-98

Qo‘y yog’‘i

38,84

74-84

Mol yog’‘i

38,84

75-83

Sariyog’‘

32,51

93-98

Margarin

32,61

93-98

13-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, margarin organizmga singishi bo‘yicha sariyog’‘dan qolishmaydi, energetik qiymati bo‘yicha esa undan ustun turadi.


Ma’lumki, mayda zarrachali emulsiya holatidagi yog’‘lar kishi organizmiga yaxshi singadi. Bunga yog’‘larning suyuqlanish harorati, mazasi va hidi ham ta’sir etadi. SHu sababli, margarin uchun ishlatiladigan yog’‘lar aralashmasi shunday tanlab olinadiki, tayyor mahsulotning erish harorati 31-340 S dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Margarinda mavjud bo‘lgan essensial (to‘yinmagan) yog’‘ kislotalari uning fiziologik qiymatini oshiradi. Yog’‘lar va ulardan olingan mahsulotlarni oziqaviy qiymati, yog’‘larni yog’‘ kislota va glitserid tarkibiga, ularda fosfatidlar, yog’‘da eruvchi vitaminlar, sterollar, karotinoidlar va boshqa fiziologik faol moddalarni borligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘p yillik biologik tadqiqotlar natijasida modda almashinishi buzilgan va ateroskleroz bilan kasallangan kishilarga mo‘ljallangan dietik oziqa yog’‘lari tarkibida 40% gacha linol kislotasi bo‘lishi zarurligi aniqlangan. Tabiiy o‘simlik moylari suyuq bo‘ladi, bu holat ularni ishlatish sohasini chegaralaydi, ayniqsa novvoylik va qandolat sanoatida ulardan foydalanib bo‘lmaydi. Margarin bu kamchilikdan holi bo‘lib, retseptura va tayyorlash texnologiyasini o‘zgartirib, turli sohada ishlatiladigan mahsulot olish mumkin.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling