1. Steroid birikmalar. Ularni o
Download 58.55 Kb.
|
mustaqil
Steridlar steridlarni tabiatda tarqalishi tuzilishi xossalari va ahamiyati Reja: 1.Steroid birikmalar. Ularni o’simlik va hayvon organizmlarida tarqalishi. 2.Xolestirin. Tabiatda tarqalishi va xossalari. 3.Garmonlar. Aminokislotalar xarakteridagi garmonlar. 4.Steroid garmonlar. 5. Izoprenoidlar. Tabiatda tarqalishi va klassifiatsiyasi. Steridlar yuqori yog‘ kislotalarining siklik spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efiri bo‘lib, ular o‘simliklar va hayvonlar organizmida keng tarqalgan. Ularning tarkibida uchraydi-gan siklik spirtlar sterollar yoki sterinlar deb ataladi. Sterinlar tabiatda erkin holda ham uchraydi. Ularning miq-dori ayrim organizmlarda steridlarga nisbatan ancha ko‘p bo‘li-shi mumkin. Masalan, odam organizmidagi sterinlarning 10% steridlar holida, qolgan 90% erkin holda uchraydi. Lekin ularning organ va biologik suyuqliklardagi nisbati har xil. Jigar-da ularning miqdori bir-biriga teng, o‘t pufagida sterollar faqat erkin holda uchraydi. Sterinlar ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, ular molekulasi-ning asosini siklopentanpergidrofenantren halqasi tashkil etadi. Ularning sodda tuzilgan birinchi vakili xolestanoldir: Sterinlarning boshqa vakillarini xolestanolning hosilala-ri deb qarash mumkin. Ulardan eng muhimi xolesterindir. U odam va hayvoilar organizmidagi asosiy sterin hnsoblanadi. U kristall tuzilgan bo‘lib, 150° da suyuqlanadi. Uning miqdori ayniq-sa plazmatik membranalarda ko‘p. Qondagi umumiy miqdorining uchdan bir qismi erkin holda, qolgan qismi to‘yinmagan yog‘ kislo-talar bilan efir holda uchraydi. Shuningdek, mitoxondriy, en-doplazmatik to‘r membranalarida ham nisbatan oz miqdorda bo‘-ladi. Hayvon sterinlaridan yana biri lanosterindir, u jun moyining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Lekin oz miqdorda jigarda va achitqilarda ham uchraydi. O’simliklar uchun xos bo‘lgan sterinlar fitosterinlar deb ataladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani stigmosterin va sitsste-rindir. Bulardan tashqari, qo‘ng‘ir suvo‘tlarda fukosterin, achitqilarda zimosterin, zamburug‘larda ergosterin va shularga o‘x-shash sterinlar uchraydi. Sterinlarning hammasi qattnq modda- dar bo‘lib, suzda erimaydi, lekin organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ulardan ayrimlarining tuzilishi yuqoridagi kabi bo‘ladi. sn-sn2 Sterinlarning muhim ahamiyati shundaki, ular organizmda oksidlanib, bir qator biologik aktiv moddalar hosil qiladi. Ular stvroidlar deb ataladi. Eng muhim steroidlar o‘t tarkibi-dagi kislotalar — xolat, xekodezoksixolat va 7- dezoksixolat kislotalar hisoblanadi. Ular odam va hayvonlar organizmida yog’ kislotalarning ingichka ichak devorlari orqali so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi. Steroidlarning ko‘pchiligi (estradiol, testosteron, kortiko-steronlar va boshqalar) gormonal xususiyatga ega bo‘lib, organizmlarda moddalar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. D2 va Dz vitaminlar ham tabiati jihatidan steroidlardir. Bu-lar haqida keyinroq maxsus boblardya batafsil ma’lumot beri-ladi. Sterinlarning eng muhim xususiyatlaridan yana biri yog‘ kislotalar bilan murakkab efirlar hosil qilishidir, ular yuqorida aytganimizdek, steridlar deb ataladi. Ular ham ste-rinlarga o‘xshab qattiq, rangsiz moddalar bo‘lib, suvda erimaydi. Steridlar tarkibida ko‘pincha palmitin, stearin va olein kislotalar qoldig‘i uchraydi. Lekin ayrim steridlar tarkibida miristin, araxinat, serotinat va boshqa yog‘ kislotalar qoldig‘i uchrashi ham aniqlangan. Steridlardan eng yaxshi o‘rganilgani xolesterinning efir-lari— xolesteridlardir: ularga palmitoxolesterid, stearioxo-lesterid va boshqalar kiradi. Download 58.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling