1. Steroid birikmalar. Ularni o
Download 58.55 Kb.
|
mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy garmonlar.
Aldosteron ham kristall modda bo‘lib, 219° da suyuqlanadi. Eritmasi optik aktivlikka ega. Uning qonga sutkalik ajralishi juda kam bo‘lib, 0,15—0,4 mg ni tashkil etadi. U asosan mineral moddalar — K+, Na+ almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Shu-ning uchun ham u mineralokortikosteroid gormon deb ataladi. Uning miqdori meyoridan kam bo‘lganda organizmda K+ to‘pla-nishi, Na+ ko‘p miqdorda chiqarilishi kuchayadi. Aldosteron ug-levodlar almashinuviga ta’sir etmaydi. Bu gormon ko‘p ishlanib chiqsa, qon plazmasida kaliyning miqdori kamayib, natriining konsentratsiyasi ortib ketadi, buning natijasida qon bosimi ko‘tariladi, muskullarning bo‘shashishi va holsizlanishi kuza-tiladi.
Dezoksikortikosteron ham xuddi aldosteron singari mineral tuzlar (asosan natriy, kaliy, xlor ionlari) va suv alma-shinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Jinsiy garmonlar. Erkaklar va ayollar jinsiy bezlaridan steroid tabiatli 10 dan ortiq gormonlar ishlanib chiqadi, ular jinsiy gormonlar deb yuritiladi. Ularning ba’zilari buyrak usti bezi ekstraktidan ham topilgan. Bu gormonlar erkaklik jinsiy gor-monlari — androgenlar (androsteron, degidroandrosteron, testesteron) ayollik jinsiy gormonlari — estrogenlar (estradiol, follikulin, estriol) va sariq tana gormonlari (pregnandiol, progesteron) gruppalariga bo‘linadi. Bu jinsiy gormonlarning eng ahamiyatlisi erkaklik jinsiy gormonlaridan testesteron va ayollik jinsiy gormonlaridan estradiol, sariq tana gormoni — progesteron (proteosteron)dir: Testesteron—150° da suyuqlanadigan kristall modda. Eritmasi optik aktivlikka ega. Uning odam tanasidagi o‘rtacha miqdori 21,6 mg% ni tashkil qiladi. U umumiy metabolitik pro-sessga, ayniqsa nuklein kislota va oqsillar biosinteziga kuchli ta’sir etadi. Organizmda uning miqdori kamaysa, oqsil miqdori ham kamayib, tanani yog‘ bosishi va boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi. Shuningdek, u yosh bo‘g‘inlarda jinsiy belgilar shakllanishini ta’minlaydi. Estradiol ikki xil modifikatsiyada kristallanadigan modda. Tuxumdonlardan 1 sutkada 1 mg ajraladi. Bu organizmning umumiy rivojlanishiga xuddi testesteron kabi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ayollik jinsiy organlari rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Uning miqdori kam bo‘lganda, menstruatsiya sikli buziladi, homila tushib ketishi, semirib ketish kuzatiladi. Estradiol uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, trikar-bon kislotalar sikli fermentlarining aktivligini oshiradi. Download 58.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling