1-muammo: Viko xonimning ajralishga haqi bormi? 2-muammo


Download 19.59 Kb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi19.59 Kb.
#1308462
1   2
Bog'liq
5-kazusga javob

Xulosa: Viko xonim eri bilan ajrasha olmaydi. Bunga sabab uning eri Meshil begona ayolni uyiga olib kelmagan Fransiya qonunlariga binoan agarda erka kishi begona ayolni uyiga olib kelib yashay boshlasagina u bilan ajrasha oladi.
2-muammo: 3FKga asosan bolalarga nisbatan ham er va xotinning huquqlari teng emas edi. Birinchi kitobda gapirilgan “ota-ona hokimiyati” aslini olganda ota hokimiyati bo‘lib qolgandi. Ota 16 yoshga to‘lmagan bolasining xattiharakatlaridan noroziligiga jiddiy asoslari bo‘lsa, uni bir oygacha muhlatga ozodlikdan mahrum qilishi mumkin edi (376-modda). 25 yoshga to‘lmagan o‘g‘illar va 21 yoshga to‘lmagan qizlar ota-ona roziligisiz nikohga kirishga haqli emasdilar. Lekin bunda ota-onalar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lsa, ota fikri inobatga olinardi.
Bolalar har qanday yoshda ota-onalariga bo‘ysunishlari va ularni
hurmat qilishlari lozim (371-modda) edi. Bolalar voyaga yetgunlariga
qadar ota-ona hokimiyati ostida qolganlar. 21 yoshga to‘lmagan erkak va ayollar voyaga etmagan deb hisoblangan. Bola ota roziligisiz uyni tashlab ketishi mumkin emas edi (18 yoshga to‘lgach ixtiyoriy harbiy xizmatga kirish bundan mustasno). Kodeks umuman olganda otaning nikohsiz tug‘ilgan bolalarini tan olishiga yo‘l qo‘ygan, lekin 340-moddada nikohsiz tug‘ilgan bolalarning o‘z otasini izlashi taqiqlangan. Bu hatto inqilobdan avvalgi qonunlardan ham ortiqroq darajada nikohsiz tug‘ilgan bolalarning ahvolini ancha og‘irlashtirardi.
Ayollarning teng huquqli emasligi ularning oiladagi mulkiy ahvolida ham namoyon bo‘lgan. Umumiy qoida bo‘yicha er va xotinning mulki uchun umumiy rejim nazarda tutilgan. Bunday rejim sharoitida oila mulkini boshqarish to‘liq erga taqdim qilingan edi. U xotinining ishtirokisiz va roziligisiz oila mulkini boshqarishi mumkin bo‘lgan. 4Kodeks er-xotinning boshqacha mulkiy munosabatlari ham bo‘lishi mumkinligini nazarda tutdi. Masalan, er-xotinning mulklari ajratilishi va ularning o‘zlari tomonidan alohida-alohida tartibda boshqarilishi ham mumkin edi. Biroq, hatto shu holatda ham xotin o‘z mulki va undan keladigan daromadlardan foydalanib, o‘z ko‘chmas mulkini erining ruxsatisiz begonalashtirishi mumkin emas edi. Kodeksda mulkni inqilobdan ilgarigi urug‘nikiga va o‘z mehnati bilan topilgan mulkka bo‘linishi tugatildi. Mulkni endi ko‘chadigan va ko‘chmas mulkka bo‘lish birinchi darajali ahamiyat kasb etdi. Uning 544-moddasida “mulkka egalik qilish – bu narsalardan mutlaq foydalanish va ularni tasarruf etish huquqi bo‘lib, bu huquqdan foydalanish belgilangan reglament va qonunlar bilan taqiqlanmagan bo‘lishi kerak” deyilgan.


1 Xorijiy Mamlakatlar Davlati va Huquqi tarixi/Toshkent-2018/300-305betlar.

2 Xorijiy Mamlakatlar Davlati va Huquqi tarixi/Toshkent-2018/300-305betlar.

3 Xorijiy Mamlakatlar Davlati va Huquqi tarixi/Toshkent-2018/305-307-betlar

4 Xorijiy Mamlakatlar Davlati va Huquqi tarixi/Toshkent-2018/305-308-betlat.

Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling