1. Muhammad al Xorazmiy pedagog-uslubiyatchi olim Xorazmiyning ilmiy merosi


Download 7.22 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.22 Kb.
#1577880
Bog'liq
Jumaniyozova Shodiya


ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yònalishi 2 bosqich talabasi
Jumanazarova Shodiyaxon
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari.
Mavzu rejasi:
1. Muhammad al Xorazmiy pedagog-uslubiyatchi olim
2. Xorazmiyning ilmiy merosi.
3. Al Xorazmiy asos solgan metodlar
Qomusiy olimlar oz ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta etibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yolga qoyishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi togrisidagi goyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib orin egallaydi.
matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy oz davrigacha bolgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), YUnoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini organdi va ozi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.
Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga ozining ulkan hissasini qoshdi. Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l muqobala asarida (aljabr va l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yollarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bolim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qollab olchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bolib, muallif uni Vasiyatlar kitobi deb ataydi.
Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini kengaytiradi. Induksiya yoli bilan umumiy yechish usullarini hal etadi, deduksiya yoli bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. Aljabr va-lmuqobala asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, ozidan avvalgi bilimlarni organdi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qollash usullarini bayon etdi.
Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi Hind arifmetikasi haqida kitob (Hisob al-hind)dir. Asar onlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bagishlangan. Mutafakkir hindlarning falakiyot va matematikaga oid Sindihin nomli qollanmasini oqib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi, uning mundarijasiga yangi boblarni qoshdi va bu asarni qisqargan Sindihind (Algorizmi hind hisobi haqida) deb atadi. Mazkur asar faqat SHarqdagina emas, YEvropada ham qollanma sifatida shuhrat taratdi.
Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bolgan qoshish, ayirish, bolish hamda kopaytirish qoidalarini yaratgan. SHuningdek, turli jins”dagi sonlarni kopaytirish algoritmini ham bergan. Masalan, minut va sekundlarni bir-biriga kopaytirish uchun, avvalo bir xil shaklga keltirish, yani, sekund yoki minutga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligini korsatgan. Maxsus bobda kasr va ildizdan chiqarish amallarining mohiyatini bayon etgan.
827 yilda Xorazmiy rahbarligida yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida yer meridianining bir gradusi olchab chiqildi. Bagdodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli bolib, unda sinus, tangeneslarning ozgarish qonuniyati korsatiladi. Uning trigonometrik jadvali osha davr jadvalaridan farq qilgan.
Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari togrisida ham asarlari bolib, Tarix kitobi (Kitob at-tarix) xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta etibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni toplash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va konikmalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l muqobala asarida olimlarni uch guruhga bolib shunday yozadi: Ulardan biri ozidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan ozib ketadi va uni ozidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi.
Boshqasi ozidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yolni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. YOki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni toplaydigan odam bolib, u ozidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda boladi, takabburlik qilmaydi va ozi qilgan ishidan magrurlanmaydi.
Muhammad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, osha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va oqitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini korsatadi.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham korgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va konikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga etibor berganligini korsatadi. Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qoshdi. U birinchilardan bolib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy obektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U matematik goyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bolishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bolgan, deydi. U birinchi marta insonlar ortasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 7.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling