1 Muhim siyosiy voqyealari haqida ma’lumot bering


) Qadimgi Turk manbalari haqida ma’lumot bering


Download 16.82 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi16.82 Kb.
#1545975
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu topshirig\'i manba shunoslik

2) Qadimgi Turk manbalari haqida ma’lumot bering.
Qadimgi turk manbalari. Bular orasida XVII asrda Sibir hamda Mo’g’ulistonda, Oltoy hamda O’rta Osiyo, O’zbekistonda topilgan runiy bi-tiklar aloxida qimmatga ega. Bu yozuvlarning hozir yetti gu-ruhi: Lena — Baykalbo’yi bitiklari, Yenisey, Mo’g’uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Urta Osiyo bitiklari ma’lum. Bu bitik-lar O’rta Osiyo, shuningdek, O’zbe-kiston xalqlarining arablar is-tilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o’rganishga yordam beradi. Yenisey bitiklari mashhur rus xaritashunos olimi SU. Remezov (taxminan 1642— 1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasida (hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda shvesiyalik harbiy asir F. Strade nberg (Tabbert) ma’lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabr-lardan toshga o’yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma’lumotlar birinchi marta o’tgan asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» jurnalida e’lon kilindi. 1889 yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xa-ritasini tuzdilar.
3) So’g’d tilidagi manbalar haqida ma’lumot bering.
So’g’d tilidagi manbalar. Asosan IV—X asrlarga oid bo’lib, turli mazmundagi huquqiy hujjatlar (ahdnomalar, nikoh haqidagi shartno-malar, oldi-sotdi hujjatlari, tilxatlar), xukmdorlar (So’g’d, Shosh, Turk va Farg’ona hukmdorlari) o’rtasidagi yozishmalar, xo’jalikning kundalik faoliyatiga oid huj-jatlar, masalan, xarajatlar yozilgan hujjat hamda far-monlardan iborat. Bu hujjatlar So’g’diyonaning o’zidan (Mug’ qal’adan), Samarqanddan (Afrosiyobdan), Qirg’iziston va Sharqiy Turkistondan topilgan. Bular orasida Mug’ qal’a xarobalaridan 1932 yili topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Hujjatlar 1932 yilning bahorida Tojikistonning Varziminor (hozirgi Zahmatobod) tumaniga qarashli Xayrobod qishlog’ida shu tumanning sobiq birinchi rahbari A. Po’lotiy tomonidan ochilgan. Hujjatlar jami 79 ta bo’lib, bulardan 74 tasi qadimgi so’g’d, 1 donasi arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. Ular har xil materialga: charmga, taxtaga o’yib yozilgan.

Download 16.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling